12:42 / 15.05.2017
11344

KXDR va Janubiy Koreya 2030 yilgi jahon chempionati mezbonlari bo‘lishi mumkin

Foto: Segodnya

Koreya Respublikasi, KXDR, Xitoy va Yaponiya birgalikda futbol bo‘yicha 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin. «Tona ilbo» nashrining xabar berishicha, bu haqda jurnalistlarga Koreya futbol uyushmasi rahbari Chun Mun Gu ma'lum qilgan.

«Agar Janubiy va Shimoliy Koreya, Xitoy hamda Yaponiya bu masala bo‘yicha muloqot boshlasa, bu davlatlar JCh-2030ni o‘tkazib berish uchun yaxshi imkoniyat hosil bo‘lardi», degan u.

Uning fikricha, KXDR bu loyihaga qo‘shilsa, qolgan 3 davlat ayrim jihatlarni kelishib olishi kifoya bo‘ladi.

«Agar Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya chempionatni o‘tkazish bo‘yicha bir qarorga kelishsa, bu boshqa ishtirokchilar uchun yaxshi bo‘ladi. Bizda juda jozibador futbol bozori mavjud», deya qayd etgan ushbu amaldor.

Bundan tashqari, Koreya futbol uyushmasi rahbari mamlakat Osiyo kubogi mezbonligi masalasini ham ko‘rib chiqmoqchiligi haqida ma'lumot bergan.

Top