AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrif bilan keldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Tramp xorijiy safari davomida Isroil va Vatikanga ham borishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, u NATOning Bryusseldagi yig‘ilishida qatnashmoqchi va Sitsiliyada “katta yettilik” davlatlari yetakchilari bilan uchrashishni maqsad qilgan.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari sammitida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.