14:53 / 22.05.2017
16271

Barcha yangi iPhone'lar suratlari taqdim etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi iPhone qurilmalari maketlarining yangi suratlari chop etildi. Slashleaks saytiga joylangan suratlarda iPhone 7s, 7s Plus va 8 smartfonlari tasvirlangan.

Manbada ta'kidlanishicha, surat Xitoydagi iPhone korpuslarini ishlab chiqaruvchi zavodda olingan. 

Suratlarga ko‘ra, iPhone 7s va 7s Plus qurilmalari Apple'ning yettinchi modeli korpusi hamda ekraniga ega bo‘ladi. iPhone 8, o‘z navbatida, smartfonning oddiy versiyasidan ancha katta, lekin u 5,8 dyuymli ramkasiz OLED-ekranga ega bo‘ladi.

Nazvaniye

Bundan avval BGR portali hamda insayder Benjamin Geskin o‘z Twitter'ida shu kabi suratlarni chop etgandi. Barcha suratlarda iPhone 8 vertikal joylashgan ikki kameraga ega bo‘lishi ko‘rinib turibdi.

Yangi iPhone qurilmalari 2017 yilning kuz oylarida Apple'ning odatiy taqdimotida namoyish etiladi. So‘nggi ma'lumotga ko‘ra, kompaniya biryo‘la uch qurilma ishlab chiqaradi, shulardan ikkitasi hozirgi iPhone modellarining biroz yaxshilangan varianti bo‘ladi. 

Top