19:10 / 04.06.2017
51230

«Uzreport TV» dasturlarni efirga uzatishni vaqtincha to‘xtatdi

2017 yil 3 iyundan «Uzreport TV» teledasturini O‘zbekiston Respublikasida raqamli formatda tarqatish vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi ma'lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, bunga «Uzreport» axborot agentligining teledasturini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2017 yil aprel-may oylari uchun qarzdorlik yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

Top