15:11 / 10.06.2017
18983

Rossiya Qatar bilan bog‘liq vaziyatdan jiddiy tashvishda

Foto: Utro

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Qatar bilan bog‘liq vaziyat xavotirga sabab bo‘lmoqda.

Bu haqda vazir Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abdul Rahmon Al Taniy bilan muzokaralardan avval aytib o‘tdi.

«Albatta, muhokama etiladigan masalalar orasida arab dunyosida vaziyatning keskinlashishi ham bor. Ba'zi arab davlatlarining Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorini tashvish bilan qarshi oldik», - deya Lavrovning so‘zlarini keltiradi TASS.

Avvalroq Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv, Mavritaniya, Mavrikiy va Komor orollari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top