Özbekiston elçisi Aşraf Xöjayev Qatar taşqi işlar vazirligi Xalqaro hamkorlik böyiça davlat vaziri Lulva Roşid al-Xotir uçraşuv ötkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Muloqot çoğida insonparvarlik yordamlarini körsatiş, ayollarning jamiyatdagi rolini oşiriş, ta’lim sifatini oşiriş hamda madaniy aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar jahonning turli hududlarida sodir bölayotgan nizolardan jabr körayotgan aholiga yordam körsatiş, ularga birlamçi mahsulotlarni yetkazib beriş masalalarida hamkorlikni yölga qöyiş böyiça fikr almaşdi.

Özbekiston va Qatar xalqlarini yanada yaqinlaştiriş, özaro urf-odatlar bilan taniştiriş maqsadida birgalikda madaniy tadbirlarni taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida ta’lim sifatini oşiriş, ayollarning jamiyatdagi örnini kengaytiriş, yangi iş örinlarini yaratiş yönalişlarida özaro hamkorlikni kengaytiriş töğrisida kelişib olindi.