18:50 / 14.06.2017
32444

Fotojamlanma: Donald Tramp 71 yoshga to‘ldi

14 iyun kuni Oq uy egasi Donald Tramp 71 yoshga to‘ldi. Ko‘plab mojaroli vaziyatlarga aralashib qolgan milliarder, bugungi kunda esa – mojaroli prezidenti Nyu-Yorkda, Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan bir yil o‘tib, yirik tadbirkor Fred Trampning oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi ko‘chmas mulk savdosi tufayli badavlat shaxsga aylangan. Donald otasining izidan bordi va uning kompaniyasini Donald Tramp Kompaniyasiga o‘zgartirdi. Bugunda uning davlati taxminan 4 mlrd dollarga teng.

Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallagunga qadar, teleshoular, filmlar va seriallarga prodyusserlik qilgan, biroq uni muvaffaqiyatli siyosatchi, deb atashga hali vaqtli: uning deyarli barcha tashabbuslari kongress tomonidan to‘sib qo‘yilmoqda, tashqi siyosiy strategiya esa hozircha aniq emas.

«Tizimsiz» Tramp «tizimli» respublikachilarning g‘ashiga tegmoqda, uning Amerika siyosatidagi o‘rni esa o‘zining biznes-imperiyasidagi bosh bino – Nyu-Yorkdagi «Tramp minorasi»ni eslatib yuboradi. Ko‘pchilik nyu-yorkliklar uni shahardagi eng g‘ashga teguvchi inshoot, deb hisoblaydilar. Ammo Tramp katta siyosatda uzoq vaqt davomida qolmoqchi va yangi muddatga qayta saylanish borasida rejalar ham tuzmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida

 

Donald Tramp bolaligida

 

Donald Tramp yoshligida

 

Donald ota rolida

 

Donald va Ivana Tramp

 

Donald Tramp ish ustida, 1996 yil

 

Donald Tramp va Maykl Jyekson, 1990 yil

 

«Beverli-Hillzlik shahzoda» (1990) filmidan kadr

 

«Uyda yolg‘iz – 2: Nyu-Yorkda yolg‘iz qolgan» (1992) filmidan kadr

 

Donald Tramp 2017 yilning 20 yanvaridagi inauguratsiya vaqtida qasamyod qabul qilmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melanya bilan inauguratsiya sharafiga uyushtirilgan bazmda

 

Manba: Carlos Barria/Reuters

 

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov

 

AQSh prezidenti Donald Tramp

 

Donald Tramp farzandlari bilan: Donald Jon, Ivanka Mari va Erik Fredrik

 

Donald va Melanya Tramp hamda ularning o‘g‘illari Berron Oq uydagi maysazorda

Mavzuga oid
Top