Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va AQSh terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi
Ushbu tizim keng ko‘lamli texnologik kuzatuvdan foydalangan holda terrorchilar harakatini kuzatish, shuningdek, ularni ushlash va hibsga olishda ko‘maklashish imkonini beradi.
Tojikiston Bosh prokuraturasi va AQSh Davlat departamenti o‘rtasida terrorchilar harakatini kuzatish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni taqqoslash va baholash tizimini (PISCES) joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Hujjat 8 may kuni Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon va AQSh elchisi Manuel Mikaller o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha imzolangan.
Tojikiston Bosh prokuraturasi saytida ma’lum qilinishicha, ushbu tizim keng ko‘lamli texnologik kuzatuvdan foydalangan holda terrorchilar harakatini kuzatish, shuningdek, ularni ushlash va hibsga olishda ko‘maklashish imkonini beradi.
Uchrashuvda ikki davlat xavfsizligiga tahdidlar, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravon ekstremizm va terrorizm, kiberjinoyatlar, transmilliy uyushgan jinoyatlar va boshqa ko‘rinishlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha axborot almashish masalalari ham muhokama qilingan.
Tomonlar turli sohalarda ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026