15:02 / 16.06.2017
6449

Filippinning Maravi shahrida 200 dan ortiq jangari yo‘q qilindi

Foto: ABS-CBN News

Filippin harbiylari Maravi shahrida so‘nggi uch hafta ichida «Maute» guruhining 225 jangarisini yo‘q qildilar. Bu haqda ABS-CBN News telekanali Filippin QK vakili brigada generali Restituto Padiloga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar bilan to‘qnashuvlar davomida 59 askar va tinch aholi vakillaridan 26 kishi halok bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, egallab olingan tumandan 1,6 ming aholi ozod etildi, biroq mojaro hududida 600 ga yaqin fuqaro qolmoqda.

Padiloning ma'lum qilishicha, qo‘shni Iligan shahrida bir necha jangarining kirib kelgani tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Avvalroq Filippinning Mindanao janubiy orolida harakatlanuvchi «Maute» guruhi IShID bilan ittifoq haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top