09:55 / 19.06.2017
6947

Konfederatsiyalar kubogi: Chili Kamerun ustidan g‘alabaga erishdi

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Konfederatsiyalar kubogining V guruhidagi 1-uchrashuvda Moskvadagi "Otkrytiye Arena" stadionida Chili va Kamerun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chililiklar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.

Dastlabki gol 81-daqiqadagina kiritildi: Chili yarim himoyachisi Arturo Vidal yon qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga bexato yo‘lladi. Qo‘shib berilgan vaqtning 2-daqiqasida esa Eduardo Vargas Chilining ustunligini 2 to‘p farqiga keltirdi.

E'tiborlisi, Vargasning goli videotakrordan keyingina hisobga olindi. Gol kiritilgan vaziyatda yon qanotdagi hakam o‘yindan tashqari holatni qayd qilgan. Uchrashuvning bosh hakami sloveniyalik Damir Skomina videohakamlarga murojaat qilgan va ular gol qoidaga muvofiq kiritilganini qayd qilishgan.  

V guruhining yana bir uchrashuvida Germaniya Avstraliya bilan bellashadi. Uchrashuv Sochidagi "Fisht" stadionida 19 iyunda bo‘lib o‘tadi.  

Konfederatsiyalar kubogi. B guruhi. 1-tur

Kamerun – Chili – 0 : 2

Gollar: 0:1, Vidal (81); 0:2, Vargas (90+1).
Kamerun – Ondoa, Ngade-Ngadjui, Fe, Mabuka, Teyku, Sutchin-Djum, Zambo (Mandjyek, 89), Bassogog, Mukandjo, Abubakar, Siani (Ngamale, 86).
Chili –  Errera, Isla, Bosejur, Xara, Dias, Medel, Vidal, Arangis (Silva, 71), Vargas, Fuensalida (Valensiya, 64), Puch (Sanches, 58).
Ogohlantirish: Xara (66).

Mavzuga oid
Top