Çili sobiq prezidenti Sebastyan Pinera mamlakat janubidagi Los-Rios hududidagi Ranko köliga vertolyot qulaşi oqibatida halok böldi.
Vertolyot bortida tört kişi bölgan: Pineraning özi va uning qarindoşlari. Halokatdan söng yölovçilar qirğoqqa çiqişga muvaffaq bölişgan, biroq vertolyotni boşqarayotgan sobiq prezident xavfsizlik kamarini yeça olmay, çökib ketgan. Qutqaruvçilar uning jasadini taxminan 40 metr çuqurlikdan topdi.
Hodisa sabablari hozirça noma’lum. Qayd qilinişiça, vertolyot havoga kötarilganidan bir neça daqiqa ötib halokatga uçragan. Aytişlariça, bu vaqtda yomğir yoğayotgan bölgan.
Çili prezidenti Gabriel Boriç mamlakatda uç kunlik milliy motam e’lon qildi.
74 yoşli Sebastyan Pinera biznesmen va investor bölib, ikki muddat Çili prezidenti lavozimida işlagan: 2010 yildan 2014 yilgaça va 2018 yildan 2022 yilgaça.
Konservativ Pinera biznesni qöllab-quvvatlovçi siyosatçi edi. Uning islohoti iqtisodiy ösişni oşirişga yordam berdi va 19 millionlik mamlakatni Lotin Amerikasidagi «jozibali voha»ga aylantirdi.
Pinera özining birinçi boyligini 1980-yillarning boşida diktatura davrida Çilida kredit kartalarini joriy etiş orqali qölga kiritdi. Keyinçalik u bu mablağlarni köçmas mulk, bank, energetika va toğ-kon sanoati kabi köplab kompaniyalarga sarmoya kiritiş uçun işlatgan. U telekompaniyaga, şuningdek, aviakompaniya va professional futbol klubining yirik aksiyalariga ega edi. Keyin u öz boyligini avval senator, keyin esa prezident sifatida siyosatga kiriş uçun sarfladi.
Pineradan 1973 yilda turmuş qurgan rafiqasi Sesiliya Morel va tört farzandi qoldi.













