21:41 / 06.07.2017
7202

Bokschi Povetkin IBF reytingiga qaytarildi

Foto: Ramil Sitdikov/RIA Novosti

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) reytingiga qaytdi.

Povetkin o‘tgan yil dekabrda WBC yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion unvoni uchun kanadalik Bermeyn Stivern bilan bellashishi kerak edi. Jang oldidan Povetkinning doping-namunalaridan biri ostarin taqiqlangan moddasiga ijobiy natija bergani ma'lum bo‘lgan. Shu sababli mart oyida WBC Povetkinni noma'lum muddatga chetlashtirganini, IBF esa uni bir yil davomida o‘z reytingiga qo‘shmasligini aytgan.

IBF’ning iyuldagi reytingida Povetkin 13-pog‘onani egalladi. Bu versiya bo‘yicha jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top