11:52 / 07.07.2017
11772

Tabiiy gaz uchun to‘lovni noqonuniy yo‘l bilan so‘ndirmoqchi bo‘lgan shovvoz qo‘lga tushdi

2017 yil 1 iyul kuni Yangiyo‘l tumani, Navbahor QFY, Dehqonobod MFYda “Yangiyo‘ltumangaz” filialining aholi iste'molchilari bo‘yicha nazoratchisi Ilhomjon Madaliyev firibgarlik yo‘li bilan Yangiyo‘l tumanida yashovchi, uy bekasi, G.Rning ishonchini suiste'mol qilgan. 

Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining xabar qilishicha, u «tabiiy gazdan qarzdorlikni yopib berish» va'dasi bilan aldab, jabrlanuvchidan 2 mln 120 ming so‘m pulini olib, shundan 1.450.000 so‘m pulini to‘lov sifatida o‘tkazgan, qolgan 670 ming so‘mni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan va shu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Bundan tashqari, Madaliyev Yangiyo‘l tumanida yashovchi 37 nafar abonentlardan jami 18 mln 795 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. 

Mazkur tuman “Suvoqava” DUK Yangiyo‘l tumani nazoratchisi Xurshid Zaripov va “Suvoqava” DUK Yangiyo‘l tumani nazoratchisi Zohid Ro‘ziyevlar firibgarlik yo‘li bilan fermer xo‘jaligi rahbari B.X.ning ishonchini suiste'mol qilishib, «ushbu yer maydonida suvdan noto‘g‘ri foydalanganligi natijasida vujudga kelgan 32,3 mln so‘mlik hisob-kitob bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib beramiz» - deb aldashgan. Firibgar sheriklar undan 3 yarim million so‘m pulni pora tariqasida olayotgan vaqtlarida prokuratura xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlangan. 

Top