08:20 / 16.07.2017
6933

Bratskda yong‘in tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Irkutsk viloyati Bratsk shahrida 7 kishi yong‘in qurboniga aylandi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi saytida xabar berilgan.

«Jyeleznodorojnik» bog‘bonchilik xo‘jaligidagi uy yona boshlagani haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 3:00da (Moskva vaqti bilan soat 22:00) kelib tushgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishganida bino olov ichida qolgandi.

Yong‘in o‘chirilgach, 7 kishining jasadi qoldiqlari topilgan. Ular orasida 3 bola bo‘lgani aytilgan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Top