Kuçli şamol tufayli kuçayişi mumkin bölgan örmon yonğinlari fonida Gretsiyaning bir qança mintaqalarida ikkinçi eng jiddiy yonğin xavfi darajasi - tört darajaga ötkazildi. Bu haqda 6 aprel kuni mamlakat Fuqarolarni himoya qiliş vazirligi ma’lum qildi.
Departament ma’lumotlariga köra, şu kunning özida butun mamlakat böylab 71 ta örmon yonğinlari sodir bölgan. Mamlakat öt öçiriş xizmati ta’kidlaganidek, yonğinlarning aksariyati nazoratga olingan bölsa-da, ulardan biri – Krit orolida – xabar e’lon qilingan paytda hamon yonayotgan edi. Yonğin oqibatida uç kişi yengil tan jarohati olgan.
Kuçli şamol kutilmoqda
9 aprelgaça Gretsiyaning ba’zi hududlarida 60 km/soatgaça kuçli şamol esib, «vaziyatni yonğinlar uçun öta xavfli qiladi», deya ta’kidlab ötdi vazirlik. Gap Afina mintaqasi, mamlakatning markaziy qismi, Kiklad orollari va Krit haqida bormoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Gretsiyada odatda may oyida boşlangan örmon yonğinlari mavsumi texnogen iqlim özgarişi tufayli ertaroq boşlanişi mumkin.












