22:09 / 10.08.2017
56024

Kelajak avtomobillari: eng yaxshi elektrokarlar fotosuratlari

Bugungi kunda rozetkadan quvvatlanuvchi mashinalar bilan kishini lol qoldirib bo‘lmasa-da, elektrokarlar hozircha hayotimizga to‘liq kirib kelganicha yo‘q. Hozircha, dunyo avtosanoatining yirik vakillari bu borada o‘zaro musobaqalashayotgan bo‘lsa-da, biz ajoyib elektrokarlar suratini jamlashga qaror qildik. Ular orasida hozirda sotilayotganlari va kelajakda ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani ham bor.

BMV iNext kelajak transport vositasi. Elektromobillarning uchinchi avlodi bo‘luvchi to‘liq muqobil boshqaruvli mashina 2021 yilda sotuvga chiqadi.

Shunga qaramay, avtomobil uchinchi darajali muqobillik bilan ishlab chiqariladi. Bu haydovchi har qanday vaziyatga har doim tayyor turishi kerakligini anglatadi.

BMV iNext elektrokarlarida 2016 yil boshida taqdim etilgan Vision Next 100  kontseptining ayrim jihatlari aks etadi.

LeEco o‘zining LeSEE kontseptini ishlab chiqdi. Uning salonida uskunalar paneli o‘rniga barcha jihatlarni aks ettiruvchi uzluksiz katta ekran qo‘yiladi.

LeSEE muqobil boshqaruvga o‘tilganda rul chambaragi panel ichiga tortiladi. Uning eng yuqori tezligi nazariy jihatdan soatiga 221 kmni tashkil etadi.

Volkswagen I.D. kelajakning yana bir ajoyib elektromobili. 2016 yilda namoyish qilingan kontsept bo‘lib, 2020 yildan seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.

Volkswagen I.D. batareyasi pol ostiga joylangan, elektromotori mashina orqa qismida bo‘ladi. Uning kuchi 125 kVt bo‘lishi mumkin. Batareyasi hajmi 400-600 km masofaga yetadigan 50-70 kVt bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Rolls Royce 103 EX Vision Next 100 kontsepti ishlab chiqariladi. Uning bozorlarda paydo bo‘lish muddati hozircha ma'lum emas.

Mercedes Generation EQ 2016 yilda Parijda namoyish qilingan edi. Uning old va orqa o‘qlariga bittadan elektromotor o‘rnatiladi. Ularning jami kuchi 300 kVtni tashkil etadi.

Mercedes Generation EQ kontsepti salonida raqamli uskunalar paneli o‘rnatiladi. Uning displeyi 21 dyuymlidir.

Yangi startapning Faraday Future kontsepti shu yil boshida namoyish etilgandi. 130 kVtlik batareya evaziga FF91 608 km masofani bir marta quvvatlanish bilan ortda qoldiradi. Uni 2018 yildan mijozlarga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Renault Trezor 2016 yilning eng yaxshi kontsepti deya e'tirof etilgan.

Uning salonida 8 burchakli 3 displeyli rul va uskunalar paneliga katta ekran o‘rnatilgan.

Renault Trezor 350 ot kuchiga ega bitta elektrodvigatel bilan jihozlanadi.

Toyota FCV Plus motorlari g‘ildiraklariga o‘rnatilgani tufayli salonini kengaytirish imkoni paydo bo‘lgan.

Bundan tashqari undan xo‘jalikda tashqi vodorod manbasini ulagan holda generator sifatida foydalaniish mumkin.

MINI Vision Next 100 kontsepti haydovchiga avtomobil boshqaruvini tanlash imkonini taqdim etadi.

MINI Vision Next 100 uskunalar panelida Cooperizer deb nomlangan qurilmaga ega bo‘ladi.

Qiantu Auto K50 Roadster sportkari K50 kuzovi ostida 294 kVtlik (400 ot kuchi) elektromotor joylashgan.

Chery F2030 yo‘ltanlamasi Tesla Model X krossoveriga raqobatchi bo‘ladi. Uch hadli (3D) gologramma ekrani, sensorli displey va yig‘iluvchi rul tez orada yo‘llarda paydo bo‘ladi.

Beijing Auto ArcFox-7 600 ot kuchiga ega ikkita elektromobil bilan jihozlangan. U soatiga 100 km tezlikka 2,8 soniyada erishadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 260 kmni tashkil etadi.

Beijing Auto ArcFox-7 bir marta quvvatlanish bilan 300 km masofani ortda qoldiradi.

Camal Viva so‘nggi o‘n yillikning g‘aroyib kontsepti deyish mumkin. Uning oldidagi ot shaklli qurilmalar elektr toki ishlab chiqaradi.

Tesla Model 3  haqiqiy avtomobil. U kompaniya mahsulotlariga xaridorlar e'tiborini qaytardi. Ilon Mask iyul oyida 30 ta yangi mashina kalitini egalariga topshirdi.

35 ming dollarlik elektromobil keng ommaga mo‘ljallangan. Yangi modelga allaqachon 500 buyurtma qabul qilingan.

Tesla Model X krossoveri tom ma'noda elektr yo‘ltanlamas. Uning eshiklari yuqoriga ochiladi va chayka qushi qanotlari shaklini yodga soladi.

Hozirda, Tesla Model X krossoverining o‘z mashinalarini tyuning atelelarda qayta jihozlashni ham boshlab yuborishgan.

Tesla yangi modelini chiqarishni boshlagani sababli Model X krossoverining narxini 3,5 mingga arzonlashtirib, eng quyi to‘plamini 79,5 ming dollarga sotishni yo‘lga qo‘ydi. Unga ikkita 75 kVtlik elektromotor o‘rnatilgan.

Audi R8 e-tron mashhur sportkarning elektrli nusxasi. 380 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel yordamida mashina 4,2 soniyada tezligini 100km/soatga chiqaradi.

Nissan LEAF bozorda taqdim etilayotgan eng ommabop elektromobillardan biri. Shu yilning kuz oylarida taqdim etiladigan LEAF yangi batareyalar blokiga ega bo‘ladi. U yordamida 550 kmni ortda qoldirish mumkin bo‘ladi.

Toyota Prius dunyodagi eng birinchi gibrid motorli yengil avtomobil. Uning tarkibidan 8,8 kVt*soatlik batareya o‘rin olgan. U bilan 35 km yurish mumkin. Taxminiy narxi 27 ming AQSh dollari.

BMW i3 Germaniya kompaniyasining ilk seriyali avtomobili. U atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmaydi va kuzovi ugleplastikdan yasalgan. 170 ot kuchiga ega elektromotor litiy ionli batareyalar yordamida harakatga keladi.

Smart ForTwo elektromobilining eng yuqori tezligi 120 kmni tashkil etadi. Ammo soatiga 60 km tezlik eng optimal hisoblanadi. Bir marta quvvatlangach, 145 km masofani ortda qoldirish mumkin.

Opel Ampera-e General Motors konsernining elektr xetchbeki. Mashina 200 ot kuchli motor bilan 5,2 soniyada tezligini soatiga 100 kmga chiqaradi. Yuqori tezligi soatiga 146 kmni tashkil etadi.

Chevrolet Volt General Motors kompaniyasining yana bir ixcham elektrosedani. Uni oddiy xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlantirish mumkin.

Citroen E-Mehari sohil dam olish maskanlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan elektromobil bo‘lib, 65 ot kuchiga ega.

Renault Twizy og‘ir kvadrosikl hisoblanadi. Uning ikkita 17 va 5 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 ta namunasi bor.

Porsche 918 Spyder ekologik superelektrokardan atigi 918 dona ishlab chiqilgan. U elektron tartibda haraatlanganda tezligini soatiga 151 kmga yetkazishi mumkin.

Aytish mumkinki, mashina elektronikaga liq to‘la. Orqa o‘qqa 129 ot kuchiga ega, old o‘qqa 116 ot kuchli elektromotorlar o‘rnatilgan. Uni 7 bosqichli PDK transmissiyasi yordamida harakatga keltirish mumkin.

Top