Hyundai Santa Fe

Krossoverning yangi avlodi biroz «kattalaşdi» va «yöltanlamas» versiyaga (XRT) ega böldi. Biroq Hyundai kompaniyasi yangi Santa Fe’da dizelli dvigateldan foydalanmaslikka qaror qildi. Atmosfera bosimida işlaydigan 2,5 litrli dvigatel 194 ot kuçiga ega, u 8 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda işlaydi. 2,5 litrli turbodvigatelli versiya esa 281 ot kuçini beradi. Şuningdek, 1,6 litrli turbodvigatelli gibrid komplektatsiya ham bölib, u 180 ot kuçiga ega. «Yumşoq gibrid» öz örnida 6 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan hamkorlik qiladi. Işlab çiqaruvçi keyinroq taşqi tok yordamida quvvatlantiriş mumkin bölgan yangi avlod gibridli versiyani ham taqdim etişni va’da qilmoqda.
Mitsubishi Xforce

Mitsubishi öz sinfida unça qimmat bölmagan modelini rivojlanayotgan mamlakatlar bozori uçun taqdim etdi. Yangi model ASX modellari qatorini örnini bosişi kerak böladi. Xforce Indoneziyada taqdim etildi. Avtomobil klirensi 222 millimetrni taşkil qiladi. Harakatlaniş rejimlarini tanlaş imkoniyati mavjud. Multimedia tizimini boşqariş uçun 12,3 dyuymli displey xizmat körsatadi. Ikki hududli iqlim nazorati, adaptiv kruiz nazorati va qator elektron assistentlar bilan ta’minlangan. Krossover 1,5 litr hajmli atmosfera bosimi ostida işlaydigan dvigatel bilan harakatlanadi. U 105 ot kuçiga ega. Uzatmalar qutisi esa variator, old ğildiraklar tortuvçi hisoblanadi.
Toyota Land Cruiser Prado

Toyota kompaniyasi Land Cruiser’ni AQŞ bozoriga qaytarişga yana bir bor urinib köradi. Land Cruiser Prado 250 Şimoliy Amerikada premera qilindi. Yangi model bozorda Land Rover Defender 110, Ford Bronco, Jeep Wrangler bilan raqobatlaşişi kerak böladi. «250» ikki xil taşqi dizayn bilan taqdim etiladi. Avtomobil hajmi şunday: 4920/2139/1859 mm. Ğildiraklar bazasi 2850 millimetrni taşkil etadi. iForce Max gibrid tizimidan foydalanilgan. Gibrid versiyada 2,4 litrli turbodvigatel 8 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan işlaydi. Dvigatel 331 ot kuçini beroladi. Şuningdek, faqat benzin va dizelda harakatlanadigan komplektatsiyalar ham mavjud.


















