09:08 / 14.08.2017
11935

KXDR hukumati Pxenyanga o‘z elchilarini favqulodda chaqirdi

KXDRning muhim davlatlardagi elchilari Pxenyanga qo‘shma majlisga chaqirildi. Bu mamlakatga xalqaro bosimning ortib borishi fonida yuz berdi, deb xabar qilmoqda «Ryonxap».

«Ayni damda Shimoliy Koreya Pxenyanga asosiy davlatlardagi elchilarini chaqirdi. Taxminlarga ko‘ra, bu diplomatik tarkib majlisini o‘tkazish uchun amalga oshirilgan», - deya ta'kidlab o‘tgan Janubiy Koreya hukumatidagi manba.

Pxenyanga qaytib kelgan diplomatlar orasida KXDRning Xitoydagi elchisi Li Chje Ryon, Rossiyadagi elchi Kim Xyon Chjun va Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Cha Son Nam bor.

Avvalroq Ilon Mask KXDRdan ham xavfliroq tahdid haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top