12:18 / 01.09.2017
13064
Toshkent yo‘llarida termoplast chiziqlarini chizish tajribasi amalga oshirilmoqda 
Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yil 28 avgust kunidan boshlab Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasidan Avliyoota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida kapital ta'mirlash ishlaridan so‘ng, tajriba tariqasida qatnov qismiga termoplast yordamida yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari “Avtomagistral” birlashmasi bilan hamqorlikda amalga oshirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Chiziqlar yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo‘l transport xodisalarini oldini olish maqsadida chizilmoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ishlar Germaniyada ishlab chiqilgan uskunalar bilan jixozlangan “MAN CLA” rusumli maxsus transport vositasi yordamida amalga oshirilmoqda.

Top