11:53 / 06.09.2017
7494

Yangiyo‘ldagi sexda yong‘in yuz berdi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

2017 yilning 29 avgust kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan «Ali Usmon» oilaviy korxonasiga tegishli eshik ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz bergan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa payvandlash ishlarini olib borish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi natijasida sodir bo‘lgan.

Tsexning 250 kv.metr maydonda tomi, shift qismi va jihozlari yonib zararlangan. 

Yong‘in oqibatida ushbu sexda ishlovchi fuqaro M.B. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mavzuga oid
Top