18:40 / 10.09.2017
8391

Nazarboyev ilm-fanni rivojlantirish uchun G20 singari IH15 tashkilotini tuzishni taklif etdi

Foto: Mixail Mettsel, © TASS

Gap islom olamida ilmiy va iqtisodiy ishlarni kengaytirish uchun mo‘ljallangan norasmiy guruh tuzish haqida ketmoqda. 

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev G20 davlatlari tashkiloti singari, Islom hamkorligi tashkilotiga a'zo 15 yetakchi davlat ishtirokida ilm-fan va iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘nalgan tashkilot tuzish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqida Qozog‘iston yetakchisi yakshanba kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorligi tashkilotining ilm-fan va iqtisodiyot masalalari bo‘yicha sammitida chiqish qilgan.

«Fikrimcha, G20 singari forum, norasmiy guruh chaqirib, islom olamida ilm-fan va iqtisodiyotni rivojlantirishimiz kerak. Islom hamkorligi tashkilotining yetakchi 15 davlatidan IH15 tashkiloti tuzish mumkin bo‘ladi. Ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi biz uchun o‘ta muhim», — degan Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Islom hamkorligi tashkilotining zamonaviy rivojlanish masalalari bo‘yicha maxsus kengashini tuzish imkonini beradigan muayyan harakatlar rejasi ham kerak bo‘ladi. «Menimcha, umumiy ilmiy-innovatsion fondning tuzilishi ham to‘g‘ri qaror bo‘lar edim», — deya ta'kidlagan Nazarboyev.

Top