Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qozog‘istonda qo‘shhokimiyat yo‘q» - Qozog‘iston parlamenti spikeri
Sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi uning shaxsiy huquqi ekani aytildi.
Qozog‘iston parlamenti spikeri Erlan Koshanov sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning yaqinda Rossiya poytaxtiga tashrif buyurib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashganiga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda qo‘shhokimiyat yo‘q.
«Odamlarning xavotirlanishiga asos yo‘q. Birinchidan, bugungi kunda qo‘shhokimiyat mavjud emas va bo‘lishi ham mumkin emas. Bugungi kunda barcha qarorlarni xalqning mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan saylagan davlat rahbari To‘qayev qabul qiladi. Bundan tashqari, sobiq prezident davlat ishlariga aralashmaydi. Ikkinchidan, uning o‘tkazgan uchrashuvlari yoki tadbirlari, qilgan sayohatlari, amalga oshirayotgan bu tadbirlar va uchrashuvlarning barchasi uning fuqaro sifatidagi shaxsiy huquqidir», dedi Koshanov.
Qozog‘istonning birinchi rahbari rossiyalik hamkasbi bilan uchrashish uchun Moskvaga uchib ketgani haqida 18 dekabr kuni xabar berildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tashrifni tasdiqlab, Putin va Nazarboyev «mutlaqo shaxsiy uchrashuv» o‘tkazganini ma’lum qildi. Unda muhokama qilingan mavzular ochiqlanmadi.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026