18:17 / 12.09.2017
11264
Qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ushlandi

2017 yilning 4 sentabr kuni, Sergeli tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududida qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan (talonchilik, ya'ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) hamda 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyatlarini sodir etganligi uchun 2016 yil 2 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan K.K.K. ushlangan.
 
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top