Jizzaxda oğir jinoyat sodir etgan şaxs Toşkent şahrida qölga olingan. Uni qölga olişda IIB xodimlariga Özbekiston jahon tillari universiteti 2-bosqiç talabasi Mirzabek Elmurodov yordam bergan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 19 aprel kuni Jizzax viloyati Zomin tumani Nebösa mahallasida yaşovçi şaxs özaro kelişmovçilik tufayli Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasida yaşovçi erkakni piçoqlab, voqea joyidan yaşiringan. Oqibatda jabrlanuvçi şifoxonada vafot etgan.

Şundan söng IIB xodimlari gumonlanuvçini topişga qaratilgan tezkor qidiruv harakatlarini boşlab yuborişgan. Kuzatuv kameralari xotirasidagi kadrlar örganilgan. Şuningdek, u yaşirinişi mumkin bölgan joylar közdan keçirilgan.

Mazkur jarayonlarda qotillikda gumon qilinayotgan erkak turmuş örtoğiga qönğiroq qilgani aniqlangan. IIB xodimlari erkak foydalangan raqam bilan boğlanişganda gumonlanuvçi emas, boşqa bir yigit javob qaytargan.

Yigit IIB xodimlariga köçada ketayotganida bir fuqaro telefonidan foydalanişni söraganida rozi bölganini aytgan. IIB xodimlari yigitga uni kuzatib borişni aytgan.

“Fuqaro xotini bilan gaplaşayotib, jinoyat sodir etganini aytdi va jabrlanuvçining ahvolini söradi. 10 daqiqa ötgaç, Jizzax viloyati IIB xodimlari menga qönğiroq qilişdi va telefonimdan foydalangan şaxs qotilligini aytib, uni kuzatişimni söraşdi. Men uning ortidan kuzatib bordim. Toşkent şahar IIBB xodimlari yordamida jinoyatçini uşladik”, deydi Mirzabek.

Qayd etilişiça, Özbekiston jahon tillari universitetida Mirzabek Elmurodovni taqdirlaş marosimi bölib ötgan. Unda Jizzax viloyati IIB boşliği Ğayrat Qodirov, universitet rahbariyati, öqituvçi va talabalar iştirok etgan.

Talabaga 5 mln söm pul mukofoti, esdalik sovğalar va uning ota-onasiga taşakkurnoma topşirilgan.