00:05 / 13.09.2017
19986

Apple uzoq kutilgan iPhone X qurilmasini namoyish etdi

Foto:theverge.com

Apple korporatsiyasi uzoq kutilgan yangi avlod  iPhone X (10) qurilmasini namoyish etdi. Korporatsiya o‘z saytida taqdimot marosimini translyatsiya qilmoqda. 

Smartfon 5,8 dyuymli,  2436X1125 OLED-displeyga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarga ko‘ra, bu iPhone smartfonlariga o‘rnatishga munosib sifatga ega birinchi OLED-ekran. Odatiy Home tugmasi yo‘q, uning o‘rniga svayplardan foydalaniladi. 

Foto:Apple

Apple'ni blokdan yechish uchun yuzdan taniy olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Shunisi diqqatga sazovorki, qurilmani suratlar orqali blokdan yechib bo‘lmaydi. U ko‘zoynak yo qalpoqda bo‘lishidan qat'i nazar, o‘z sohibini taniy oladi. 

Bundan tashqari o‘zingizni jonli emojilar o‘rnida his qilib ko‘rishingiz mumkin. 

Top