23:20 / 20.09.2017
13031
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston futzalchilari Afg‘onistonga yutqazdi
Foto: O‘FF matbuot xizmati

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida davom etayotgan Yopiq inshootlardagi beshinchi Osiyo o‘yinlarining “B” guruhi 4-turida Afg‘oniston bilan ro‘baru keldi.

O‘FF matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur o‘yinda Bahodir Ahmedov shogirdlari kutilmaganda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O‘zbekiston tarkibida Dilshod Rahmatov va Farhod Abdumavlonov gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari
Futzal. “B”guruhi
20 sentabr, chorshanba

O‘zbekiston – Afg‘oniston 2:4

Gollar: Dilshod Rahmatov (35), Farhod Abdumavlonov (38) – Akbar Kozimi (4), Sayid Mehdi Hoshimi (21), Javad Haydari (34), Alirizo Qurboni (34)

Ushbu guruhning yana bir o‘yinida Xitoy termasi Maldiv orollarini 9:3 hisobida taslim qilishga erishdi.

Quyida “B” guruhining qolgan uchrashuvlari taqvimi bilan tanishing:

21 sentabr, payshanba

16:45  BAA – Afg‘oniston
19:00  O‘zbekiston – Xitoy

Eslatma: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Ma'lumot uchun, futzal turnirida 17 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Ikkita guruhda beshtadan, bitta guruhda to‘rtta va yana bir guruhdan uch jamoa o‘rin olgan. Guruhlarda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l olishadi. 1/4 final g‘oliblari yarim finalga chiqishadi. Yarim finalda g‘alaba qozongan jamoalar finalda chempionlik uchun kurashsa, mag‘lub bo‘lgan ikki jamoa esa bronza medallari uchun bahslashadi.

Top