16:05 / 25.09.2017
5185
Armanistonda rus tili xorijiy til maqomiga ega bo‘ldi
Foto: UbuntuMail

Rus tili Armanistonda xorijiy til maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda respublika ta'lim va fan vaziri Levon Mktrchyan TASS muxbiriga ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Armanistonda arman tili yagona davlat tili bo‘lib qoladi. Chunki Armaniston mustaqil suveren davlatdir". "Bu aksioma kabi haqiqatdir. Barcha boshqa tillar - xorijiydir", - deb qayd etgan u. 

Vazirning aytishicha, rus tili Armanistonda avvaldan keng tarqalganiga qaramay, ma'lum maqomga ega bo‘lmagan. "Masalan, bugungi kunda Armaniston OTMga o‘qishga kirish imtihonlarini topshiruvchi abituriyentlar xorijiy til sifatida ingliz, fransuz, nemis, ispan yoki italyan tilidan imtihon topshirishadi, - degan Mkrtchyan. – Bu tillar orasida rus tili yo‘q. Shu bois ular rus tilidan imtihon topshira olishmaydi". 

"Endilikda biz rus tili Armanistonda xorijiy til ekanini qayd etdik", - deya ta'kidlagan vazir. 

Top