17:09 / 27.09.2017
6298

Jahonda ilk bor kriptovalyuta evaziga ko‘chmas mulk sotib olindi

Foto: Facebook/konstantin.yarmolenko

Amerikalik fuqaro jahonda birinchi bo‘lib Ukrainada kriptovalyuta evaziga ko‘chmas mulk sotib oldi. Xarid eng mashhur texnologik nashrlardan biri – TechCrunch’ning asoschilaridan bo‘lgan Maykl Arrington tomonidan amalga oshirildi. Jarayonda jahondagi mashhurlik va bozordagi qiymat bo‘yicha ikkinchi kriptovalyuta – Ethereum 60 ming dollarga teng miqdorda ishlatildi. Bu pul evaziga amerikalik jurnalist Kiyevda kvartira sotib oldi.

Ushbu kelishuvni dunyoda Ethereum blokcheynida smart-shartnoma yordamida amalga oshirilgan birinchi shunday amaliyot, deb hisoblash mumkin. Kelishuv ishtirokchilaridan biri - Ukraina Elektron boshqaruv agenligi rahbari Konstantin Yarmolenko bu haqda Facebook’dagi o‘z sahifasida yozgan.

«Kelajakda jahonning istalgan davlatida har bir inson ko‘chmas mulkni xohlagan boshqa davlatidan 24/7 rejimida elektron shaklda sotib olishi mumkin, hamda shu bilan birga, kelishuv bo‘yicha barcha ma'lumotlar blokcheynga yoziladi. Xaridor mulk huquqi bo‘yicha elektron sertifikatni oladi, u blokcheyn texnologiyasi orqali yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Kelishuvning barcha jarayoni smart-shartnoma bilan avtomatlashtiriladi. Bugungi kelishuv – jahon ko‘chmas mulk bozorida haqiqiy inqilob, hamda men Ukraina biz bu amaliyotni o‘tkazgan birinchi davlatga aylanganidan juda xursandman», - deya yozadi Konstantin Yarmolenko.

Kelishuv AQShning Propy ko‘chmas mulk marketpleysi orqali amalga oshirildi. Shu bilan birga, kvartirani sotgan shaxs Nyu-Yorkda bo‘lgan. Shunday qilib, amaliyot asosan AQShda o‘tkazildi. Ko‘chmas mulkka to‘lov sifatida Ethereum kriptovalyutasi ishlatilgan.

Mavzuga oid
Top