23:04 / 28.10.2017
6605

Amerikalik bir dollar va tuvakdagi o‘simlikni o‘g‘irlagani uchun 15 yilga qamalishi mumkin

Foto: Fotolia / Vivian Seefeld

AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi yigit bir dollar va tuvakdagi o‘simlikni o‘g‘irlaganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda The Morning Call nashri xabar berdi. U bu qilmishi uchun 15 yilga qamalishi mumkin.

Yigit 21 martga o‘tar kechasi Allentaun shahridagi barga o‘qotar qurol bilan bostirib kirgan. Bar egasi shovqinni eshitib, o‘g‘rini to‘pponcha bilan kutib olgan. Yigit bardan bir dollar olgancha qochib qolgan.

2,5 soat o‘tgach, u bir uyning oynasiga o‘q uzib, uy ichiga kirgan. "Ustasi farang" o‘g‘rini bu uyda tuvakdagi o‘simlikdan boshqa hech narsa qiziqtirmagan. U o‘simlikni marixuana deb o‘ylab, o‘zi bilan olib ketgan..

So‘ngra yigit ko‘chada turgan avtomobil ichidagi narsalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. Biroq mashina egasi bo‘lgan ayol o‘g‘rilikning "qizg‘in pallasi" ustiga kelib qolgan va yigit yashirinishiga to‘g‘ri kelgan.     

Yigit uncha omadli kechmagan uchta "ov"dan keyin qurolini tashlab yuborishga qaror qilgan, lekin bu gal ham uni omadi chopmagan: uning bu harakatlarini politsiyachilar ko‘rib qolishgan. Yigit qochishga uringan, biroq ko‘p o‘tmay ushlangan. Aniqlanishicha, uning quroli ham o‘g‘irlangan bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top