Rossiya, Xitoy va Eron 2024 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlariga aralaşişga intilayotgan asosiy iştirokçilar bölib qolmoqda. Ayni paytda, sun’iy intellektdan foydalanişning yangi texnologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boşqa mamlakatlar yoki hatto Qöşma Ştatlar içidagi uyuşmalar dezinformatsion kampaniyalarni boşlaşga urinişi mumkinligini istisno qilib bölmaydi. 15 may, çorşanba kuni AQŞ Senatining razvedka qömitasida sözga çiqqan AQŞ Milliy razvedkasi rahbari Evril Xeyns saylov xavfsizligi bilan boğliq vaziyatga şunday baho berdi.
Xeynsga köra, Rossiya AQŞ saylovlari uçun «eng faol taşqi tahdid». Amerika razvedka xizmatiga köra, davlat matbuoti va internet foydalanuvçilari yordamida Moskva Qöşma Ştatlardagi demokratik institutlarga işonçni va Ukrainani qöllab-quvvatlaşni susaytirmoqçi. Sönggi bir neça oy içida Rossiya saylovçilarni ğalayonga soliş maqsadida Qöşma Ştatlardagi migratsiya munozaralariga ta’sir ötkazişga harakat qildi, deydi Xeyns.
Xitoy böyiça, AQŞ Milliy razvedkasi rahbari ta’kidlaşiça, agentlik uning faoliyatini kuzatişda davom etmoqda. 2020 yilda Pekin Vaşingtonning javob harakatlaridan xavfsirab, AQŞ prezidentlik saylovlariga bevosita aralaşişga urinmadi, deya ta’kidladi u.
Xeynsning sözlariga köra, Eron saylovçilarni çalğitiş uçun ijtimoiy tarmoqlardan ham foydalangan.
Saylov paytida hakerlik hujumlari xavfi
15 may kuni AQŞ Senati razvedka qömitasining eşituvlarida ovoz beriş natijalarini özgartiriş yoki saylovga işonçni susaytiriş maqsadida federal yoki mahalliy saylov organlari kompyuter tizimlarini buzişga urinişlar bilan boğliq xavflar ham muhokama qilindi.
Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi direktori Jyen Isterlining aytişiça, federal hukumat 2024 yilgi prezidentlik saylovlari imkon qadar xavfsiz ötişini ta’minlaş uçun mahalliy va federal saylov rasmiylari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.












