15:40 / 30.10.2017
313008
Islom Karimovning tarjimai holida uning uchinchi farzandi haqida ma'lumot berildi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy saytida Islom Karimovning uchinchi farzandi haqida ma'lumot berilgan.

«...Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bo‘lib, ular bilan muloqot unga katta quvonch keltirardi.

Uning rafiqasi – Tatyana Akbarovna uning haqiqiy do‘sti, yordamchisi, fikrdoshi edi, Islom Abdug‘aniyevich bilan 47 yil baxtli turmush qurib, u bilan hayotning barcha zahmatlarini baham ko‘rdi», deyiladi tarjimai holda.

«Vikipedia» ma'lumotiga ko‘ra, Islom Karimov o‘tgan asrning 60-yillarida birinchi marta uylangan. U birinchi rafiqasi Natalya Petrovna Kuchma bilan turmushidan bir o‘g‘il ko‘rgan. Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Islomovich Karimovdir (1969 yilda tug‘ilgan). Ammo prezidentning rasmiy biografiyasida ushbu nikoh va uning birinchi farzandi nomi keltirilmaydi.

Suratda chap tarafda Pyotr Karimov

Islom Karimov keyinroq Tatyana Akbarovna Karimovaga uylangan. Bu nikohdan ikki qiz tug‘ilgan - Gulnora Karimova (1972 yilda tug‘ilgan) va Lola Karimova (1978).

Natalya Kuchma 2008 yilda Toshkentda vafot etgan. Pyotr Karimov ayni vaqtda Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

Top