30 yanvar kuni Toşkent şahrida Şavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöydi. Davlat rahbarining matbuot xizmati tadbirdan suratlarni e’lon qildi.
Marosim Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida ötkazildi. Unda Şavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, şahar jamoatçiligi iştirok etdi. Şuningdek, sobiq prezidentning turmuş örtoği Tatyana Karimova ham qatnaşdi. Qur’on oyatlari öqilib, duo qilindi.






Birinçi prezidentning Samarqand va Qarşi şaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qöyildi.








