«Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida «Barselona» hujumchisi Lionel Messining o‘yini haqida o‘z fikrlarini aytdi.
«Agar Messining harakatiga qarshilik qilmoqchi bo‘lsang, shu zahotiyoq yutqazasan. Chunki, u shu qadar tez qaror qabul qiladiki, hatto unga tegishga ham ulgurmaysan.
Uni to‘xtatib qolishning yagona yo‘li - jamoaviy harakatlar. Sen dunyodagi eng yaxshi himoyachi bo‘lishing mumkin, ammo, Messiga qarshi o‘zim qarshilik qila olaman deb o‘ylasang, qattiq yanglishasan» - dedi Kellini.