Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inter Mayami» ustozi Messi va Buskets debyutini qachon o‘tkazishi mumkinligini baholadi
«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xerardo Martino jamoa yangi a’zolari Lionel Messi va Serxio Busketsning 21 iyul kuni debyutini o‘tkazishi ehtimolini baholadi.
«Leoning debyuti ehtimolini rad etmayman, ammo men hali Messining yana bir mashg‘ulotlardagi holatiga baho berishim kerak. Buskets haqida ham xuddi shunday fikr bildirish mumkin.
Ularning har ikkisi ham yangi jamoada yaxshi moslashib olishdi va ularni juma kungi bahsda maydonga tushishini taxmin qilish mumkin. Ammo men va’da bera olmaydigan gaplar masalasida shoshmaslikni afzal bilaman», - deydi argentinalik murabbiy.
Avvalroq, Messi yangi klubi safidagi birinchi o‘yinini juma kuni «Krus Asul»ga qarshi bahsda o‘tkazishi mumkinligi aytilgandi. Har ikki futbolchi 18 iyuldan jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilgandi.
Mavzuga oid
08:08 / 07.12.2025
Messi «Mayami» uchun tarixiy sovrinni yutib berdi
16:19 / 30.11.2025
Messi jamoasi bilan Sharqiy konferensiya g‘olibi bo‘lib, finalga chiqdi
21:22 / 23.10.2025
Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasini uzaytirdi
11:31 / 06.07.2025