08:45 / 23.11.2017
8127

Sulaymon Kerimov Fransiyani tark etishi mumkin emas – u 5 mln yevro garov to‘laydi

foto: RIA Novosti

Rossiyalik senator Suleyman Kerimov Fransiyada qamoqda saqlanmaydi, biroq u mamlakatni tark etishi mumkin emas va 5 mln yevro miqdorida garov puli kiritishi lozim. Bu haqda RIA Novostiga Nitstsa prokurori Jan-Mishel Pretr ma'lum qildi.

"U qamoqxonada saqlanmaydi, ammo buning uchun bir necha shartlarni bajarishi kerak. U Dengizbo‘yi Alplari departamenti hududida qolishi, haftada bir necha marotaba politsiya mahkamasiga kelishi, 5 mln yevro garov to‘lashi, pasportini topshirishi hamda bir necha shaxslar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin emas", — degan prokuror. 

Rossiya senatorining advokati Nikita Sichyov esa, sud qarorini izohlamadi. 

"Men charchadim. Men ikki kun uxlamadim. Juda uxlagim kelayapti", — degan advokat.

Mavzuga oid
Top