Rossiya senatori Sulaymon Kerimovga pullarni noqonuniy yöllar bilan ötkaziş va soliqlarni tölaşdan boş tortiş aybi ilgari surildi. Bu haqda RIA Novostiga Nitstsa prokurori Jan-Mişel Pretr ma'lum qildi.
"Unga nisbatan soliqlarni tölamaslik va bu mablağlarni noqonuniy ötkaziş aybi e'lon qilindi. Endi sud ehtiyot çorasi köriş masalasini hal etadi", — degan prokuror agentlikka.
Kerimov Fransiya politsiyasi tomonidan 20 noyabr kuni hibsga olingan edi. 22 noyabrda uni söroq qilişgan. Sud tergovçisi unga ayblov e'lon qiliş yoki qilmaslik masalasini hal etadi. Şundan kelib çiqib sud ehtiyot çorasini tanlaydi.
"Bu qamoqqa oliş ham bölişi mumkin yoki uni şunçaki ozod etişlari ham ehtimol. Yo bölmasa ba'zi şartlar bilan ozod etişlari mumkin, masalan, çiqib ketmaslik böyiça şart bilan", — degan prokuror RIA Novostiga.








