8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

19:30 / 13.02.2018 118998

Zoyir Mirzayev Qishloq va suv xo'jaligi vaziri lavozimidan ketdi

Qishloq va suv xo'jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev lavozimidan ketdi. Bu haqda «KUN.UZ» manbasi ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Zoyir Mirzayev O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimini saqlab qolgan.

Zoyir Mirzayev 2016 yilning kuzida Shuhrat Teshayev o'rniga Qishloq va suv xo'jaligi vaziri bo'lgandi.

Ma`lum bo'lishicha, vazirlik ikkiga ajratilgan: Qishloq xo'jaligi vazirligi va Suv xo'jaligi vazirligi.

Endilikda Qishloq xo'jaligi vazirligiga Namangan viloyatining sobiq hokimi Bahodir Tursunovich Yusupov rahbar etib tayinlangan.

Foto: Bahodir Yusupov

2009-2015 yillarda Namangan viloyatini boshqargan Bahodir Yusupov shu kunga qadar O'zbekiston fermerlari Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

Top