Qayd etilişiça, tuman hokimligi, korxona va taşkilotlardagi 64 nafar rahbar xodimdan 47 nafari lavozimidan ozod etilib, ularning örniga yoş kadrlar tayinlangan.
17 nafar rahbar kadr tuman hokimining kafolati asosida sinov muddati bilan lavozimida qoldirilgan.
“Heç kimga amal nikohlab berilmagan. Men ketsam, iş töxtab qoladi, degan odam xato qiladi. Qibray tumanida kadrlarni isloh qilamiz. Bu mening taşabbusim emas, prezident topşiriği”, — dedi Zoyir Mirzayev.
Toşkent viloyatining deputat, keksalar va faollardan tarkib topgan maxsus işçi guruhi Qibray tumanida 20 kun mobaynida hokimlik hamda korxona va taşkilotlardagi rahbar xodimlarning faoliyatini töliq örganib, lavozimiga noloyiq deb topilgan kadrlarni almaştiriş töğrisida viloyat hokimligiga tavsiya xatini kiritgan edi.
Rahbar kadrlar tarkibining yoş koeffitsiyenti böyiça Qibray tumani viloyatda birinçi öringa çiqqan. Lavozimga tayinlanganlarning 25 nafari 25-35 yoşgaça bölgan kadrlar.
Avvalroq Zoyir Mirzayev Xalq deputatlari Qibray tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida tuman hokimligining barça xodimlari yoppasiga işdan olgani haqida xabar berilgandi.
Viloyat hokimi tumanda qariyb 20 ming fuqaro migrant sifatida xorijda bölib turganini ta’kidlab, buni «Qibray uçun yaraşmaydigan holat» deb atagan.












