09:28 / 23.02.2018
5634

AQSh maxsus prokurori Tramp shtabining sobiq rahbariga yangi ayblovlar qo‘ydi

Pol Manafort. Foto: Reuters

AQSh maxsus prokurori Robert Myuller Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp shtabining sobiq rahbari Pol Manafort hamda uning hamkori Rik Geytsga pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘ydi. Bu haqda RIA «Novosti» ayblov xulosasiga asosan xabar bergan.

Hujjatda aytilishicha, Manafort va Geyts 30 mln dollardan ortiq mablag‘ni yuvgan.

Ayblov «bank firibgarligi» va «yolg‘on soliq deklaratsiyasi berish» moddalari bo‘yicha qo‘yildi.

Avvalroq AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi sobiq rahbari Pol Manafort 80 yilga qamalishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid
Top