21:55 / 23.02.2018
7589

Toshkentda “Yong‘in xavfsizligi o‘n kunligi” o‘tkazilmoqda

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz hodisalar, ya'ni o‘ziga xos yong‘inlar va ularning oqibatida keltirilayotgan katta miqdordagi moddiy zarar hamda, eng achinarlisi, fuqarolarning bevaqt hayotdan ko‘z yumayotganliklari ko‘pchilikning e'tiborini tortmoqda.  

Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, bunday holatlardan biri, 2018 yil 15 fevral kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumani, Bog‘ mahallasi «Bog‘» ko‘chasi 29-blok, 22-uyda sodir bo‘lgan yong‘inlardan biridir.

Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Ushbu yong‘in oqibatida 22-uyning 200 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari, qo‘shnilari 23-uyning 50 kv.metr va 21-uyning 15 kv.metr maydonda tom qismlari yong‘indan zararlanib, xonadonda bo‘lgan 4 nafar kattalar va 3 nafar norasida bolalarning kuygan holda jasadlari aniqlangan. Hozirgi kunda yong‘inning taxminiy sabablaridan biri - xonadoning yerto‘lasida joylashgan isitish uskunasiga kelgan tabiiy gazning ulangan joyidan sizib chiqishi oqibati.  

Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Yuqorida keltirilgan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi rahbarlari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan “Yong‘in xavfsizligi o‘n kunligi” tadbiri respublika, xususan Toshkent shahrining barcha tumanlarida ham o‘tkazilmoqda. Yong‘in profilatik tadbirlari joriy yilning 22 fevral kuni Olmazor tumanida keng ko‘lamda o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda Yong‘in xavfsizligi xizmati rahbarlari, tuman Hokimi va o‘rinbosarlari, turli nazorat idoralar, gaz va elektr ta'minoti korxonalari va jamoatchilik vakillari jalb etilib, tumandagi “Beshqo‘rg‘on”, “Olimpiya”, “Ahil”, “Chig‘atoy darboza”, “Eski shahar”, “Qo‘shtut” va “Hofiz Ko‘hakiy” mahallalari hududida joylashgan, 16 ta davlat tasarrufidagi maskanlarda yong‘in texnik tekshiruvlar, 2 ming 534 ta shaxsiy fuqarolar yashash uylari, mahalla faollari, uy boshi va xonadon egalari bilan uyma uy yurgan holda o‘rganib chiqilib, aniqlangan 241 ta yong‘inga qarshi kamchiliklardan 215 tasi joyida bartaraf etilishiga erishildi.

Ushbu mahallalarda joylashgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlari kabi, 15, 24, 102, 261, 298, 315-sonli umumta'lim maktablarida, 14-sonli oilaviy poliklinikasida va tadbir o‘tkazilgan 7 ta mahalla idoralarida 29 marotaba 847 nafar o‘quvchi va murabbiylar, ishchi xizmatchilar va mahalla faollari bilan keng qamrovli uchrashuvlar o‘tkazilib, jami 4685 nafar fuqarolar bilan yong‘in xavfsizligi ta'minlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Ushbu profilaktik tadbirlar 2018 yilning 20 fevral kunidan boshlab, 02 mart kuniga qadar, qo‘shimcha ravishda har tumanlar hududida o‘tkazib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 20-21 fevral kunlari ushbu tadbirlar Uchtepa va Shayxontoxur tumanlari hududida o‘tkazilgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

 

Top