11:00 / 25.02.2018
47311

Aholi qaysi tashkilotlardan ko‘proq norozi?

Odamlarni ayni paytda qanday muammolar ko‘proq qiynamoqda? Ular ko‘proq qaysi tashkilotlar faoliyatidan norozi bo‘lmoqda? Bozor munosabatlari sharoitida iste'molchilar haq-huquqlari qanday himoya qilinyapti? O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov O‘zA muxbiri bilan suhbatda bunga aniqlik kiritdi.

– Tahlillar o‘tgan yildagi murojaatlar soni 2016 yildagidan 4219 taga ko‘payganini ko‘rsatmoqda. Ariza va shikoyatlarning 12976 tasi, ya'ni 91,9 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilarga yetkazilgan 4 milliard 397 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Murojaatlar tahliliga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning katta qismi tabiiy gaz ta'minoti (4389 ta, 31,1 foiz), savdo (3320 ta, 23,5 foiz) va elektr ta'minotiga (2201 ta, 15,6 foiz) taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, kommunal xizmat ko‘rsatish (742 ta, 5,3 foiz), suv ta'minoti (506 ta, 3,6 foiz), transport (273 ta, 1,9 foiz), aloqa (317 ta, 2,2 foiz), sog‘liqni saqlash (264 ta, 1,9 foiz) yo‘nalishida ham murojaatlar ko‘pligi kuzatiladi.

Top