Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Gazprom» O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin
Hozirgi vaqtda «Gazprom» Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan Turkmaniston va Qozog‘istonda vakolatxonaga ega.
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi direktorlar kengashi O‘zbekistonda vakolatxona ochish masalasini ko‘rib chiqadi. Mazkur masala 6 may kuni kengashda ovozga qo‘yiladi, deb xabar berdi Interfax.
Hozirgi vaqtda «Gazprom» Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan Turkmaniston va Qozog‘istonda vakolatxonaga ega.
2023 yil oktyabr oyidan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish uchun «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz tashish tizimi teskari (revers) rejimga o‘tkazildi.
«UzGasTrade» AJ va «Gazprom Eksport» MChJ o‘rtasidagi ikki yillik kelishuvga ko‘ra, kuniga 9 million kub.m., yiliga qariyb 2,8 milliard kub.m. tabiiy gaz eksport hajmi ko‘zda tutilgan.
2024 yil yozida Qozog‘iston, shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan o‘rta muddatli 15 yillik gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan. Ularni amalga oshirish 2025 yil kuzida boshlanishi kerak.
Filiallarning so‘nggi e’lon qilingan ro‘yxatiga ko‘ra (2021 yilgi) «Gazprom» O‘zbekistonda ikkita kompaniyasiga ega: «Operatsionnaya Kompaniya Zarubejneftegaz - Tsentralnaya Aziya» va «Operatsionnaya Kompaniya Zarubejneftegaz GPD Tsentralnaya Aziya».
Mavzuga oid
17:57 / 12.01.2026
Prezident «O‘zbekneftgaz»ga kunlik gaz qazib chiqarish hajmini oshirishni buyurdi
20:33 / 22.12.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
14:11 / 04.11.2025
Yevropaga Rossiya gazi eksporti so‘nggi 50 yildagi minimumni yangiladi
21:24 / 16.10.2025