14:24 / 26.02.2018
7908

O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tiklashi mumkin

Foto: Vedomosti

O‘zbekiston Afg‘oniston shimoliy qismida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini qayta tiklash imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deya xabar berdi Spot.

Mamlakat XX asrning 90-yillarida Afg‘onistondagi istiqbolli neft va gaz hududlarida qator geologik tadqiqotlar o‘tkazgan, ammo bu davlatda yuzaga kelgan vaziyat tufayli keyingi ishlar bekor qilingan.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan hafta neft va gaz sohasidagi hamkorlik masalalari Tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Shokir Kargar bilan muzokaralarda muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston shimoliy qismida istiqbolli uglevorod konlarini geologiya-qidiruv ishlarini tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalar imkoniyati muhokama etilgan.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar «Mozori-Sharif - Hirot» temir yo‘li qurilishi va «Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatish linitsiyalari kabi strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan infratuzilma loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Top