22:39 / 02.03.2018
8722

99 yoshli avstraliyalik suzuvchi yangi rekordni o‘rnatdi

Jorj Korons. Foto: offnews

Avstraliyalik suzuvchi Jorj Korons 99 yoshida 50 metr masofaga suzish musobaqasida rekord o‘rnatdi.

100-104 yoshlilar guruhida ishtirok etgan qariya masofani 56,12 sekundda suzib o‘tdi, deb xabar beradi BBC.

Jorj 2018 yil aprel oyida 100 yoshga to‘ladi. U musobaqada yolg‘iz o‘zi ishtirok etdi va 2014 yilda o‘rnatilgan, 1 daqiqa 31 soniyaga teng bo‘lgan avvalgi rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Musobaqadan so‘ng, Korons erishgan natijasidan mamnun ekanini aytdi. Shuningdek, uni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Sportchi yoshligida professional suzuvchi bo‘lganini, biroq, Ikkinchi jahon urushi boshlangach, bu ishini tashlab qo‘yganini, faqat 80 yoshga kirganida yana basseynga qaytganini aytdi.

Endi Jorj 3 mart kuni 100 metrga suzish bo‘yicha musobaqada ishtirok etadi. U 3 daqiqa 23 soniyaga teng bo‘lgan rekordni yangilashga jiddiy bel bog‘lagan.

Top