7 aprel, yakşanba kuni mahalliy favqulodda xizmatlar ma’lum qilişiça, böronli ob-havo va kuçli yoğingarçilik Avstraliyaning qirğoq böyidagi Sidney şahri butun köçalarini suv ostida qoldirdi va atrofdagi hududlarga katta zarar yetkazdi. Qayd etilişiça, rasmiylar Uorragamba töğoni va boşqa töğonlarda, odatda butun aprel oyiga töğri keladigan yoğingarçilik miqdori bir kunda kuzatilganidan söng, suv ötkazgiçlarni oçişga majbur bölgan.
Qayd etilişiça, bir neçta köpriklarda transport harakati tösib qöyilgan, pasttekisliklarda joylaşgan aholi punktlari aholisiga evakuatsiya qiliş tavsiya etilgan. Xabar e’lon qilingunga qadar suv toşqini ostida qolgan Yangi Janubiy Uels ştatining 300 dan ortiq aholisi xavfsiz joyga keltirildi. Rasmiylarga köra, aholidan yordam sörab minglab qönğiroqlar kelib tuşgan, qutqaruv va tozalaş işlarida 4000 dan ortiq köngilli iştirok etgan.
Yangi Janubiy Uelsda payşanbadan beri noqulay ob-havo kuzatilmoqda
Dunyodagi eng katta orolning şarqiy qirğoğida 4 aprel kuni yoğingarçilik boşlandi. Sidney yaqinida sönggi ikki yildagi eng köp yoğingarçilik miqdori noqulay ob-havoning dastlabki 24 soatiga töğri keldi. 6 aprel kuni ertalab yoğingarçilik hajmi ayrim joylarda kvadrat metrga 250 litrdan oşdi. Taqqoslaş uçun, Germaniya ob-havo xizmati ma’lumotlariga köra, Berlinda butun yil davomida har kvadrat metrga taxminan 575 litr yoğingarçilik tuşadi.
Avstraliya rasmiylariga köra, Sidneyning beş million aholisini 80 foiz içimlik suvi bilan ta’minlaydigan Moviy toğlar yaqinidagi Uorragamba töğoni yaqinida yaşovçi aholi ayniqsa oğir ahvolda. «Suv ombori tölib ketganda, şlyuzlar avtomatik ravişda oçildi va katta hajmdagi suv tökildi», dedi guvohlar.
Metropolning özida jamoat transporti – poyezdlar, avtobuslar va paromlar harakatida jiddiy uzilişlar kuzatildi. Ba’zi joylarda köçkilar natijasida yöllarda köp tonnalik toşlar turibdi. Sidney qirğoqlarida kuçli şamol tufayli yuzaga kelgan tölqinlarning balandligi töqqiz metrga yetdi, deb xabar bermoqda ABC telekanali. Qayd etilişiça, Sidney şimolidagi Nyukasl aeroporti işi faqat 7 apreldan – ikki kun avval köplab reyslar bekor qilinganidan keyin nisbatan normal rejimga qaytgan. Rasmiylar mintaqa baland yerlardan va töğonlardan oqib kelayotgan suv tufayli yana bir neça kun suv toşqini xavfi ostida qolişini kutmoqda.
Yangi Janubiy Uelsdagi toşqin minglab odamlar evakuatsiya qilinişiga olib kelgan
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels ştati kamida 18 ming aholisi, şu jumladan Sidneyda yaşovçi 3 ming kişi 2021 yil mart oyi oxirida yuz bergan suv toşqini tufayli uylarini tark etişga majbur bölgandi, deya xabar berdi Avstraliya boş vaziri Skott Morrison.
Öşanda orolning şarqiy qirğoğidagi bir qator hududlarda ham köçkilar qayd etilgan va Nyukasl aeroporti uçiş-qöniş yölagi suv ostida qolganidan keyin uzoq vaqt davomida parvozlarga xizmat körsatişni töxtatgan. Qayd etilişiça, Uorragamba şahridagi 142 metrlik töğondan ham suv toşib ketgan. Avstraliya rasmiylarining öşa paytdagi ma’lumotlariga köra, qit’a janubi-şarqidagi aholi deyarli bir asr davomida bunday kuçli suv toşqiniga duç kelmagan edi.












