22:53 / 03.03.2018
6714

APL. «Tottenhem»dan ishonchli g‘alaba, «Lester» o‘z maydonida ochko yo‘qotdi va boshqa natijalar

Angliya Premer-Ligasida 29-tur o‘yinlari davom etmoqda. 

«Tottenhem» o‘z maydonida «Haddersfild»ni qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz ikkita to‘p yo‘lladi. Gollar koreyalik hujumchi Son Xyon Min hisobiga yozildi.

«Lester» «Bornmut»ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «Suonsi» «Vest Hem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, xavfli hududdan biroz uzoqlashdi.

APL, 29-tur

Byornli – Everton 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 20 To‘sun, 1:1 – 56 Barns, 2:1 – 80 Vud. 

Uotford – Vest Bromvich 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 77 Dini. 

Tottenhem – Haddersfild 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 27 Son Xyon Min, 2:0 – 54 Son Xyon Min. 

Suonsi – Vest Hem 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 8 Ki Son Yon, 2:0 – 32 van der Xorn, 3:0 – 48 King, 4:0 – 63, penalti Ayyu, 4:1 – 79 Antonio. 

Sauthempton – Stok Siti 0:0

Lester – Bornmut 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35, penalti King, 1:1 – 90 Mahrez.

Top