30 oktabr, şanba kuni APL 10-turi doirasida 7ta uçraşuv ötkazildi.
Turning sensatsion natijasi «Mançester Siti» va «Kristal Pelas» örtasida kuzatildi. Gvardiola şogirdlari muxlislari qarşisida mağlubiyatga uçradi. Zaha 6-daqiqadayoq hisobni oçgan bölsa, Gallaxer 88-daqiqada «Siti» darvozasiga ikkinçi golni yölladi. Şu kuni mezbonlar safida Laport 45-daqiqada maydondan çetlatildi.
Yana bir kutilmagan natijalardan biri «Enfild»da kuzatildi. «Liverpul» ötgan turda Mançesterdan yirik hisobdagi ğalaba bilan qaytgan bölsa, bugungi öyinda «Brayton»ni mağlub eta olmadi. Klopp jamoasi 2:0 hisobidagi ğalabani qöldan çiqarişdi. Mvepu va Trossardning gollari mehmonlarga durang keltirdi – 2:2.
«Çelsi» himoyaçi Jyeymsning dubli evaziga «Nyukasl»ni yirik hisobda mağlub etgan bölsa, «Sauthempton» va «Byornli» ham öz hisobiga uç oçko yozib qöydi.
Kunning sönggi uçraşuvi «Tottenhem» va «MYu» örtasida Londonda ötdi. Mehmonlarning uşbu uçraşuvdagi mağlubiyati Sulşerning iste'fosi bilan tugaşi haqida xabarlar bor edi. Şu kuni mehmonlar avvalgidek 4-4-2 emas, 5-3-2 sxemasida maydonga tuşişdi va pozitsion hujumlarga e'tibor qaratişdi.
Uçraşuvning 39-daqiqasida Brununing uzatmasidan keyin Ronaldu ajoyib zarbasi bilan hisobni oçib, APLdagi 5 öyinlik golsiz seriyasiga barham berdi – 1:0. 64-daqiqada esa Ronalduning assistidan keyin Edinson Kavani yakkama-yakka vaziyatda Lorisga imkoniyat qoldirmadi – 2:0. Ronalduning örniga zaxiradan maydonga tuşgan Reşford Matiçning 86-daqiqadagi uzatmasini golga aylantirib, hisobni yirik körinişga keltirdi – 3:0. Bu ğalaba Sulşerning yana lavozimida qolişini ta'minladi.
Şu tariqa, «Çelsi» 25 oçko bilan yaqqol peşqadamga aylandi, «Liverpul» 22 oçko bilan 2-örinda, «Siti» esa 20 oçko bilan 3-örinda bormoqda. «Brayton» 16 oçko bilan 6-poğonani egallab turibdi. «MYu» oçkolari sonini 17taga yetkazib, 5-öringa kötarildi. «Tottenhem» esa 15 oçko bilan 8-poğonada bormoqda.
APL. 10-tur. 30 oktabr
Mançester Siti – Kristal Pelas 0:2
Gollar: 0:1 – 6 Zaha, 0:2 – 88 Gallaxer.
Mançester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diaş, Joau Kanselu (Marez, 78), de Bryuyne (Stounz, 59), Bernardu Silva, Rodri, Griliş (Sterling, 78), Foden, Gabriel Jyezus.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitçell, Kuyate, Makartur, Gallaxer, Ayyu (Benteke, 65), Zaha, Eduar (Şlupp, 73).
Çetlatiş: Laport (45).
Liverpul – Brayton 2:2
Gollar: 1:0 – 4 Henderson, 2:0 – 24 Mane, 2:1 – 41 Mvepu, 2:2 – 65 Trossard.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson, Xenderson, Keyta (Oksleyd-Çemberlen, 20), Djons (Minamino, 87), Firmino (Diogu Jota, 78), Saloh, Mane.
Brayton – Sançes, Veltman, Daffi, Dank, Kukurelya, Lallana (Gross, 77), Març, Moder (Lempti, 66), Bissuma (Mak Allister, 60), Mvepu, Trossard.
Nyukasl – Çelsi 0:3
Gollar: 0:1 – 65 Jyeyms, 0:2 – 77 Jyeyms, 0:3 – 81, penalti Jorjino.
Nyukasl – Darlou, Mankilo, Klark, Lassels, Kraft, Ritçi, Freyzer (Uillok, 66), Xeyden (Almiron, 67), Longstaff (Şelvi, 81), Sen-Maksimen, Uilson.
Çelsi – Mendi, Jyeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen, Çiluell, Jorjino, Kante (Loftus-Çik, 64), Ziyoş (Barkli, 64), Haverts, Hadson-Odoi.
Bernli – Brentford 3:1
Gollar: 1:0 – 4 Vud, 2:0 – 32 Louton, 3:0 – 36 Korne, 3:1 – 79 Goddos.
Bernli – Poup, Louton, Mi, Tarkovski, Teylor, Gudmundsson, Vestvud, Braunxill, Vud, Korne (Vidra, 68), Maknil.
Brentford – Alvaro Fernandes, Yorgensen, Yansson, Pinnok, Genri, Kanos (Roerslev, 77), Nergor, Yyensen (Yanelt, 68), Oneka (Goddos, 58), Touni, Forss.
Uotford – Sauthempton 0:1
Gol: 0:1 – 20 Adams.
Uotford – Foster, Ketkart, Trost-Ekong, Mazina, Sissoko, Kutska, Ngakia (Fletçer, 82), Sarr, King, Joao Pedro (Kleverli, 46), Ernandes (Sema, 46).
Sauthempton – Makkarti, Livramento, Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Elyunussi (Armstrong, 70), Redmond, Romeu, Uord-Prouz (Diallo, 80), Armstrong, Adams.
Tottenhem – Mançester Yunayted 0:3
Gollar: 0:1 – 39 Ronaldu, 0:2 – 64 Kavani, 0:3 – 86 Reşford.
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer, Romero, Devis, Son Hyon Min, Lukas Moura (Bergveyn, 54), Heyberg, Lo Çelso (Alli, 73), Skipp (Ndombele, 66), Keyn.
Mançester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Lindelef, Şou, Fred, Brunu Fernandeş (Matiç, 76), Maktomini, Ronaldu (Reşford, 71), Kavani (Lingard, 82).
31 oktabr
Norviç – Lids, Aston Villa – Vest Hem
1 noyabr
Vulverhempton – Everton.












