14:40 / 19.03.2018
5118

Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi faxriy konsuli medal bilan taqdirlandi

Foto: MONTSAME

Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga farmoni bilan mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi faxriy konsuli Abdug‘afur Rahimov 16 mart kuni “Nayramdal” medali bilan mukofotlandi. Bu haqda Montsame ushbu davlat rahbari matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Mukofot uning Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun berildi.

Abdug‘afur Rahimov 2006 yildan beri Mo‘g‘ulistonning faxriy konsuli sifatida ishlab keladi.

Bundan tashqari, Abdug‘afur Rahimov O‘zbekistonda sambo va dzyudo bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi mo‘g‘ulistonlik sportchilar hamda murabbiylarga doimiy tarzda yordam beradi.

Top