10:32 / 22.03.2018
9486

Tsukerberg 2016 yilda ro‘y bergan voqeaning ikkinchi versiyasi haqida ogohlantirdi

Foto: AP / Kay Nietfeld

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerbergning ishonch bilan aytishicha, «yana kimdir» ijtimoiy tarmoqni AQShdagi yangi saylovlarga aralashish uchun ishlatishga harakat qilib ko‘radi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Mening ishonchim komilki, bu 2016 yilda ro‘y bergan hodisaning ikkinchi versiyasi bo‘ladi. Ular buning ustida ishlashmoqda. Bu safar qandaydir yangi taktikadan foydalaniladi», - deya ma'lum qildi Tsukerberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Facebook rahbarlari «bundan avval nima qilish lozimligi haqida ba'zi bir tushunchaga egalar».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tsukerberg texnologik kompaniyalarni tartibga solishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top