8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

10:40 / 02.04.2018 5395

Shaxmat: o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ilk oltin va kumush medali qo‘lga kiritildi

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi

Joriy yilning 1 aprel kuni Tailandning Chaingmay shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati dasturidagi rapid yo‘nalishi nihoyasiga yetdi.

KUN.UZ’ga O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, musobaqa 7 turdan iborat shveysarcha tizimda tashkil etilgan bo‘lib, natijalarga ko‘ra, 16 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Abdimalik Abdisalimov 35 nafar sportchi o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 
       
8 yoshgacha qizlar o‘rtasida Toshkent shahri vakilasi Odina Olimova 43 nafar sportchi o‘rtasida Osiyo chempionati kumush medalini qo‘lga kiritdi.
        
Shuningdek,12 yoshgacha qizlar o‘rtasida Umida Omonova umumiy hisobda 4-o‘rinni egalladi.  

Qayd etilishicha, 2 apreldan musobaqaning standart yo‘nalishi bo‘yicha bahslar davom etadi.

Top